Xitoylik tadqiqotchi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida 6-yil davomida o‘zbek tilini o‘rgandi va “O‘zbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi” mavzusida PhD dissertatsiyasini o‘zbek tilida yoqladi.
U shu yilning sentabr oyidan Shanxay chet tillari institutida o‘zbek tilidan dars bermoqchi.
Sputnik muxbiri bu xitoylik olim bilan suhbatlashdi va undan O‘zbekiston va o‘zbek tiliga bo‘lgan mehri, keyingi rejalari haqida so‘radi.