TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Twitter egasi Ilon Mask ijtimoiy tarmoq tez orada logotipini o‘zgartirishini e’lon qildi.
“Tez orada Twitter brendi bilan, bosqichma-bosqich barcha qushchalar bilan xayrlashamiz”, - deya yozdi Mask o‘zining sahifasida.
Shuningdek, u Twitterʼning ehtimoliy bo‘lajak dizaynini chop qildi. U qora fonda turgan X harfidan iborat. Ammo hozircha rebrendingning yakuniy varianti borasida bir to‘xtam kelinmagan va kelishilmagan.
Amerikalik tadbirkor “agar bugun kechqurun yetarlicha yaxshi X logotipi e’lon qilinsa, ertaga undan foydalanish boshlanishini” qo‘shimcha qildi.
2022 yil 7-oktabr kuni Ilon Mask Twitter kompaniyasini 44 milliard dollarga sotib olgan edi.