TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va tomonlarning ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish muhimligi alohida ta’kidlandi.