TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. RIA Novosti jurnalisti Rotislav Juravlov o‘limida aybdorlar muqarrar jazolanadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Maxsus harbiy operatsiya hududidagi xabarlarni yoritib kelgan RIA Novosti harbiy muxbiri Rotislav Juravlov og‘ir jarohat olib vafot etdi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Juravlov Ukraina armiyasi qo‘llagan kassetali o‘q-doridan yarador bo‘lgan. U evakuatsiya qilinayotgan vaqtda vafot etgan. Bundan tashqari, yana bir nechta Rossiya jurnalistlari turli darajada jarohat olgan.
“Rossiyalik jurnalistni shafqatsizlarcha jazolashda aybdorlar muqarrar munosib ravishda o‘z jazolarini olishadi. Kiyevga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berganlar ham butun javobgarlikka sherik bo‘lishadi”, - deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Zaxarova Kiyev rejimi jinoiy terror amaliyotini davom ettirayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Bari jurnalistlar guruhiga hujum tasodifan bo‘lmaganini ko‘rsatadi: muxbirlar Kiyev rejimi jangarilari Zaporojye viloyati aholi punktlarini ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan kassetali o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutib kelayotgani haqida lavha tayyorlash uchun material to‘plashayotgan edi. AQSh Kiyevga yetkazib berayotgan o‘q-dorilar bilan. Zelenskiy rejimini uzoq masofaga uchadigan raketa bilan ta’minlab kelayotgan Vashington, u bilan birga London va Parij, faqat quruq gap bilan jurnalistlar xavfsizligi borasida xavotir bildiradi, aslida esa terrorchilar homiylaridir”, - deya qayd etgan Zaxarova.
Rossiya TIV rasmiy vakili tegishli xalqaro tashkilotlar avvalgiday bunday razil jinoyatga ko‘z yumishni afzal bilishini ta’kidladi va bu ularni Kiyevning chegarasiz terrorchiligiga sheriklari qiladi.