"Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi" yagona milliy portali ish boshladi

Portalda fuqarolar konstitutsiyadagi har bir modda bo‘yicha takliflarini qoldirishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbek va xorijiy tillarda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur portal orqali qonunchilikni yangi tahrirdagi konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.
Shunga ko‘ra, fuqarolar konstitutsiyadagi har bir modda bo‘yicha takliflarini qoldirishi mumkin.
"Jarayonda takliflaringiz bilan faol ishtirok eting va qonunchilik mustahkamlanishida o‘z hissangizni qo‘shing", — deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Referendum — 2023
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya qonunchilik milliy bazasiga joylashtirildi