Xitoydan Qashqadaryoga jamoat transporti olib kelinadi

Qarshi shahri aholisi uchun 100 dona zamonaviy jamoat transporti olib kelishga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Xitoydan Qashqadaryoga 100 dona jamoat transporti olib kelinadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
“Turli rasmiy uchrashuvlar, yirik kompaniyalar loyihalari kuzatuvlari va ikki hudud tadbirkorlarining biznes-forumlari kelajakda muhim ahamiyat kasb etadigan loyihalarni Qashqadaryoda amalga oshishiga zamin yaratmoqda”, deyiladi xabarda.
Ana shunday kelishuvlardan biri viloyat markazi - Qarshi shahri aholisi uchun 100 dona zamonaviy jamoat transporti olib kelishga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga tashrifi davomida "JAC Motors" kompaniyasida ishlab chiqarayotgan an’anaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borilgan edi.