Ukraina xuddi narkoman kabi G‘arbdan yordam so‘ramoqda — nemis siyosatchisi

Germaniya Bundestagining sobiq deputati, Germaniyaning “Germaniya uchun muqobil” o‘ng qanot partiyasi a’zosi Valdemar Gerdt Ukrainani giyohvand bilan solishtirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Ukraina xuddi narkoman kabi G‘arbdan yordam so‘ramoqda. Bu haqda nemis siyosatchisi Valdemar Gerdt ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Germaniya Bundestagining sobiq deputati, Germaniyaning “Germaniya uchun muqobil” o‘ng qanot partiyasi a’zosi Valdemar Gerdt Ukrainani giyohvand bilan solishtirdi.
“Ukraina davlat sifatida G‘arbning harbiy va iqtisodiy yordamisiz, har tomonlama tilanchilik qiladigan, yolg‘on, ayyorlik, makkorlik, o‘g‘irlik bilan har xil vaziyatlarni yaratib, yana bir doza olish uchun narkoman kabi mavjud bo‘lolmaydi”, — dedi u RIA Novosti agentligiga bergan intervusida.
Gerdtga ko‘ra, Ukrainaning hozirgi siyosati “juda achinarli” ko‘rinadi.