TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari 25-26 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Ta’lim nazorati.
Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
Kirish imtihonlari bir bosqichda yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Aniq fanlar yo‘nalishi uchun: matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida), ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun: tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida), ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
2023-2024 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
Mirzo Ulug‘ bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.
Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.