TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. RIA Novosti harbiy muxbiri Rostislav Juravlov Ukrainaning maxsus operatsiya zonasida o‘qqa tutilishi chog‘ida halok bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti.
“Bugun RIA Novosti muxbiri Rostislav Juravlov Zaporojye viloyatining Vasilevka shahridan Vladimirovka qishlog‘iga ketayotgan fuqarolik avtomobilining o‘qqa tutilishi natijasida halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari jurnalistlar guruhiga kassetali o‘qlar bilan hujum qilgan. Ommaviy axborot vositalarining 4 nafar xodimi turli darajadagi tan jarohatlari oldi, ular tezda dala tibbiyot muassasalariga yetkazildi.
“Evakuatsiya paytida RIA Novosti axborot agentligi jurnalisti Rostislav Juravlov kassetali o‘q-dorilarning portlashi natijasida olingan jarohatlardan vafot etdi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, RIA Novosti fotomuxbiri Konstantin Mixalchevskiy jarohat olgan.
“U kasalxonaga yotqizilgan va hozir Vasilevkadan Melitopolga olib ketilmoqda, agar vaziyat taqazo etsa, Qrimga davolanish uchun yuboriladi”, - dedi yarimorol rahbari maslahatchisi Oleg Kruchkov.
Fojia Patixatki qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, RIA Novosti va “Izvestiya” jurnalistlari Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatidagi aholi punktlarini kassetali o‘qlardan o‘qqa tutgani haqida materiallar tayyorlagan.