O‘zbekistonlik dzudochilar Vengriyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi — tarkib

O‘zbekiston dzudo federatsiyasi “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqa ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Olimpiada yo‘lida eng yirik ochko taqdim qiladigan musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonlik dzudochilarning tarkibi ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 4-6 avgust kunlari dzudo bo‘yicha “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston dzudo federatsiyasi unda ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Tarkibda Davlat Bobonov, Muzaffarbek To‘raboyev kabi jahon chempionlari, Diyora Keldiyorova, Dilshod Baratov, Alisher Yusupovdek JCh sovrindorlari va boshqa sportchilarimiz nomini uchratish mumkin.
To‘liq tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-73 kg: Obidxon No‘’monov
-90 kg: Davlat Bobonov
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
U ushbu turnir Parij-2024 sikli davomida eng yirik reyting ochkolarini taqdim qiladigan musobaqa hisoblanadi (hatto jahon chempionatinikidan ham ko‘p). “Masters” seriyasiga kiruvchi turnir yilda 1 marotaba o‘tkazilib, unda har bir vazn toifasida kuchli 36 talikka kira olgan sportchilargina ishtirok eta oladi.
Budapeshtda o‘z vaznlarida g‘alaba qozongan sportchilar jahon va Olimpiada reytingi uchun 1800 ochkoga ega bo‘lishadi.