O‘zbekiston bayrog‘i mamlakatning turli burchaklarida hilpirab turadi. Masalan, “Xalqlar do‘stligi” maydonida, Toshkent teleminorasining yuqorisida viqor bilan hilpirab turgan davlat ramzi kishi ko‘zini quvontiradi.
Respublikada o‘tadigan yirik tadbirlarda ham bayroqlar u yoki bu hududni o‘zgacha bezab turadi. Bunday chiroyli va mashhur bayroqlar qayerda tikiladi – batafsil Sputnik videosida.
Ma’lumot uchun, davlat bayrog‘i O‘zbekistonning 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.