O‘zbekistonda 60 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lgan erkaklar soni aytildi

Respublikada 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 2 767 nafarga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 60 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lgan erkaklar soni 449 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 449 nafar erkaklar 60 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lishgani qayd etilgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 2 767 nafarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 434 519 ta tug‘ilish qayd etilganni ma’lum qilingandi.
Qaysi hududda eng ko‘p egizak tug‘ilgan