Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi — qanday masalalar muhokama etildi?

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi, deya xabar berdi matbuot xizmati.
Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi
O‘zbekiston Bosh vaziri mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevni dastlabki daqiqalarda Emomali Rahmon tabriklaganini bildirib, bu qardosh Tojikiston davlati mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taminlash, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.