TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,03 so‘mga oshib, 11 592,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 78,43 so‘mga tushib, 12 998,06 so‘m ga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,66 so‘mga ko‘tarilib, 127,81 so‘mni tashkil qildi.