Telegram’da Stories funksiyasi ishga tushdi — video

Stories "chat" ro‘yxatining yuqori qismidagi bo‘limga joylashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Telegram messenjerida Stories funksiyasi ishga tushirildi. Ulardan hozircha Premium obunachilari foydalanishi mumkin.
Stories (hikoyalar) "chat" ro‘yxatining yuqori qismidagi bo‘limga joylashtirilgan. Funksiyadan messenjer ilovasini yangilash orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.

Stories funksiyasida keltirilishicha, mazkur xizmatdan foydalanish hozircha (iyul oyida) Premium obunachilari uchun ochiq.

U yerga fotosuratlar va videolarni joylashtirish, tahrirlash, sarlavhalar, havolalar qo‘shish va boshqa odamlarni belgilash ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Stories funksiyasi ishga tushirilishi haqida ma’lum qilgandi. Durovning ta’kidlashicha, foydalanuvchilarga hikoyalarning har birini kim ko‘rishi mumkinligini tanlashga ruxsat beriladi - barcha foydalanuvchilar, faqat mumkin bo‘lgan istisnolar bilan kontaktlar, bir nechta tanlangan kontaktlar yoki yaqin do‘stlar ro‘yxati.