TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginovning O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, suhbat avvalida Malginov Saidovni O‘zbekiston prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklagan.
“Tomonlar ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi hamda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish va turli darajadagi tashriflarni muhokama qilishdi”, - deyilgan xabarda.
MDH, ShHT, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etilgan.