Prezident: har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Bu yerda 1 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanadi.
Davlat rahbari xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Nuroniylar mahalladagi turmush tarzi, yoshlarning kasb-kori haqida so‘zlab berishdi. Mamlakatga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu baraka tilab duo qilindi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
Qayd etilishicha, barcha hududlarda “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari amalga oshirilmoqda. Yo‘llar, muhandislik tarmoqlari ta’mirlanib, xonadonlarga fayz kirmoqda. Bu mahallani ham “Obod xonadon” dasturi asosida yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.
“Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz”, – dedi Mirziyoyev.
Prezident uylarda tashkil etilgan hunarmandlik ustaxonalari va mahalladagi kichik ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi. O‘zini o‘zi band qilishni kengaytirish, turistlar uchun savdo va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
“Yashil” energetika - mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun tayyor bozor — Mirziyoyev