Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

AQShda tashkil etiladigan boks oqshomida Jalolovga Nigeriya vakili Onoriode Ehverieme raqiblik qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. "TopRank" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 26-avgust kuni AQShda o‘tkazadi.
Oklaxoma shtati Talsa shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida unga nigeriyalik Onoriode Ehverieme raqib bo‘ladi.
Bahodir Jalolov professional boksda 12-marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqibini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Onoriode esa 22 ta jang o‘tkazib, ularning 20 tasida g‘alaba qozongan, 2-marta mag‘lub bo‘lgan va 19-marta janglarni muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunlagan.