TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,12 so‘mga tushib, 11 592,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 28,86 so‘mga tushib, 12 998,06 so‘m ga teng bo‘ldi.
Rubl esa 1,11 so‘mga ko‘tarilib, 127,81 so‘mni tashkil qildi.