TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkentda III xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Turkiya va Xitoydan 140 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.
Ishlab chiqaruvchilar keng assortimentda ayollar kiyimlarini taqdim etmoqda –kurtkalar, paltolar, kostumlar, marosimlar uchun kiyimlar. Shuningdek, bolalar kiyimlari va turli aksessuarlar ham bor.
Ko‘rgazma maydonida selfi oynasida suratga tushish imkoniyati ham yaratildi.
Toshkentda III xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
Ko‘rgazma doirasida mashhur brendlar namoyishi ham o‘tkazilmoqda.
Toshkentda III xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda