Toshkentda taniqli 20 yoshli bloger vafot etdi

Asad Algo vafoti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkentda 20 yoshli bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, bloger vafoti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ta’kidlanishicha, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Taniqli bloger Farhod Mannopov vafot etdi