Shavkat Mirziyoyev umra amallarini bajardi — eng yorqin suratlar

Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi va umra amallarini bajardi. Aynan shu kuni Ka’baning kisvasini almashtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev 19-iyul - islom olamida boshlangan hijriy 1445-yil muharram oyining birinchi kunida ehromga kirib, umra amallarini bajardi.
Mirziyoyev Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qildi. Aynan shu kuni Ka’baning kisvasini almashtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1 / 8

Mirziyoyev Ka’batullohning ichiga namoz o‘qish uchun kirmoqda. Qoidaga ko‘ra, avval ehromga kiriladi, so‘ng Arofatda turilib, so‘ng ziyorat tavofi bajariladi.

2 / 8

Mirziyoyev Baytulloh atrofini tavof qilmoqda. Ka’bani tavof qilish umraning ruknlaridan biri. “Tavof” so‘zi “aylanib chiqish” ma’nosini anglatadi.

3 / 8

Ka’bani 7-marta aylanib chiqish tavof deb ataladi. Ka’bani aylanib tavofni boshlagan joyiga kelganda bir tavof hisoblanadi.

4 / 8

Shavkat Mirziyoyev va muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan duo qilmoqda. Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi, barcha yurtdoshlar, yosh avlod baxtu iqboli va yorqin kelajagini tilab duolar qilindi.

5 / 8

Ka’baning qora toshi. “Hajarul asvad”ning ro‘parasiga kelganda u o‘piladi, agar boshqalarga ozor berish xavfi bo‘ladigan bo‘lsa, qo‘li bilan unga ishora qilinadi va o‘sha qo‘l o‘piladi, so‘ngra ikkinchi tavofga kirishiladi.

6 / 8

Mirziyoyev va muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Ka’ba tarafiga qarab duo qilishmoqda.

7 / 8

Mirziyoyev Umra ziyoratini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklarga tabassum qilmoqda.

8 / 8

Umra ziyoratini ado etayotgan o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyev bilan salomlashishmoqda.