TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qrimning shimoli-g‘arbiy qismida pilotsiz uchar apparat hujumi bir qizning o‘limiga sabab bo‘ldi, dedi Qrim rahbari Sergey Aksonov o‘zining Telegram-kanalida.
"Qrimning shimoli-g‘arbidagi aholi punktlaridan birida dushman pilotsiz uchar apparatining hujumi natijasida 4 ta ma’muriy bino zarar ko‘rdi. <...> Afsuski, qurbonlar bor – o‘smir qiz halok bo‘ldi", — deb yozadi Aksonov.
Qizning oilasiga barcha zarur yordam ko‘rsatiladi, deya ta’kidladi u. Qrim rahbari bolaning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Voqea joyida FVV xizmatlari ishlamoqda, deb qo‘shimcha qildi hudud rahbari.