Toshkentda tunda yo‘l chiroqlari o‘chiriladi

O‘zbekiston hududida havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli Toshkent shahrining ayrim markaziy ko‘chalari tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 20-iyuldan Toshkent shahrining ayrim markaziy ko‘chalari tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinadi. Bu haqda "Toshshaharnur" DUK xabar qildi.
Bunday qaror qabul qilishga O‘zbekiston hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Mazkur cheklov qaysi sanaga qadar davom etishiga aniqlik kiritilmagan.
O‘tgan qish mavsumida respublikada kuzatilgan anomal sovuq kunlarida ham elektr energiyasini tejash maqsadida poytaxt ko‘chalaridagi chiroqlarga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan edi.
Avvalroq sinoptiklar O‘zbekiston hududiga 24-27 iyul kunlari issiq havo kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi. Ko‘plab hududlarda havo +42...+44 darajagacha isiydi.