O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar hajmi 64 %ga oshdi

O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar hajmi 495,41 trln so‘mni tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston valyuta birjasidagi (O‘zRVB) savdolar hajmi 64 foiz %ga oshdi, deya xabar berdi birja matbuot xizmati.
Aytilishicha, 2023-yilning 1-yarim yilligida O‘zRVB O‘zbekiston moliya sektoridagi rolini mustahkamlashda va bozorlarining shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda davom etdi.

“Natijada, O‘zRVBda savdolar hajmi sezilarli darajada oshib, bozor ishtirokchilari faolligi barqaror o‘sishi kuzatildi, bu esa, birjaga bo‘lgan ishonch va uning mavqeyini yanada mustahkamlashdan dalolat beradi”, - deyiladi xabarda.

Shu yil yanvar-iyun oylarida O‘zRVBda savdolar umumiy hajmi 495,41 trln so‘mni tashkil etdi va bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan deyarli 64 foiz % ko‘pdir.
Savdolar umumiy hajmidagi bozorlarning ulushi quyidagicha bo‘ldi:
44,27 foiz valyuta bozoriga;
47,95 foiz - pul bozoriga;
7,78 foiz - qarz bozoriga to‘g‘ri keldi.
Aytilishicha, yarim yil davomida O‘zRVB xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘nalishida faol ishlar olib bordi. Kelgusida bu O‘zRVB bozorlariga xorijiy investitsiyalarning katta oqimi kirib kelishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda O‘zRVBda savdolarning umumiy hajmi rekord darajaga yetgandi. Savdolarning umumiy hajmi rekord daraja - 706,79 trln so‘mga teng bo‘lgan.