O‘zbekiston Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi — sana va manzil

O‘zbekiston Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi oktabr oyida Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Uchrashuv 13-oktabr sanasida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ispaniya 2002-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat terma jamoa bilan O‘zbekistonga keladi.
Kuni kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSh va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini haqida xabar bergandik. O‘yinlar 9-12 sentabr kundari AQShda o‘tkaziladi.