O‘zbekistonda ilk marotaba davlat-xususiy sheriklik asosida GES quriladi

Umumiy quvvati 46,6 MVt bo‘lgan 5 ta "Qizildaryo", "Suvlisoy", "Dukentsoy", "Ko‘ksuv" va "Quyi Ko‘ksuv" GESlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. “O‘zbekgidroenergo” 5 ta yangi gidroelektr stansiya qurish uchun tender e’lon qildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida quriladigan birinchi GES bo‘ladi.
“Synergy Infrastructure and Financial Advisory Services Inc” moliyaviy maslahatchi, “Dolsar Engineering” texnik maslahatchi va “Unicase” yuridik maslahatchi sifatida tanlab olingan.
Umumiy quvvati 46,6 MVt bo‘lgan 5 ta "Qizildaryo", "Suvlisoy", "Dukentsoy", "Ko‘ksuv" va "Quyi Ko‘ksuv" GESlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Ularning yillik o‘rtacha ishlab chiqarish hajmi 179 mln kVt⋅soat bo‘ladi. Umumiy qiymati 106,9 mln dollarga baholangan.
Tender yagona lot orqali avgust oyida o‘tkaziladi. Bu esa loyihalarning amalga oshirilishini soddalashtirib, jarayonni optimallashtirishi va samaradorlik hamda shaffoflikni ta’minlashi aytilmoqda.
O‘zbekistonda ilk bor yirik gidro to‘plash elektr stansiyalar barpo etiladi