"O‘layapman, lekin taslim bo‘lmayman!": Brest qal’asi qahramonligi — video

"O‘layapman, lekin taslim bo‘lmayman. 20-iyul 1941-yil" - ushbu yozuv Brest qal’asi xarobalari ostidan urushdan so‘ng topilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Brest qal’asi himoyachilarining qahramonligi kishini hayratga soladi. Dushman zarbasini birinchilardan bo‘lib qabul qilgan istehkom yana bir oydan ortiq vaqt davomida qarshilik ko‘rsatgan.
SSSRning eng g‘arbiy istehkomi — Brest qal’asi himoyasi urushning birinchi kunidan boshlab deyarli 40 kun davom etgan. Yarador, suvsiz va o‘q-dorisiz qal’a himoyachilari fashistlarga qarshi kurashni davom ettirgan.
1965 yil may oyida Brest qal’asiga "Qahramon qal’a" maqomi berilgan.