Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi — O‘zbekistonda 21-iyul uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Ertaga, 21-iyul kuni O‘zbekistonning ikki hududida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22-24, kunduzi +36-38 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +31-36 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +21-26, kunduzi +35-40, ba’zi joylarda +42 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20-25 daraja, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun bugun Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng issiq harorat kuzatilmoqda. O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, Buxoro, Navoiy viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.