Madinadagi masjidga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi

Aqlli qurilmalar ziyoratgoh hududini toza havo bilan ta’minlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Masjidi Nabaviyga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi IslamNews’ga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, masjidi Nabaviyga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi. Ular ziyoratgoh hududini toza havo bilan ta’minlaydi.
Madinadagi masjidga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi
Shavkat Mirziyoyev umra amallarini bajardi — eng yorqin suratlar
Masjid yaqiniga yondash inshootlarga ham xuddi shunday qurilmalar o‘rnatildi. Bundan tashqari, masjid atrofida 245 ta yuqori texnologiyali salqin bug‘ chiqaradigan soyabon ishlab turibdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ko‘ra, masjiddagi beton ustunlarga o‘rnatilgan elektr soyabonlar ziyoratchilarga masjidda bemalol ibodat qilish imkonini beradi, quyosh nurining bevosita ta’sir qilishini oldini oladi va haroratni pasaytiradi.
Ular havodan issiqlik energiyasini yutadigan va haroratni pasaytiradigan aniq avtomatlashtirilgan tizim yordamida sovuq suv tomchilari bilan aralashtirilgan havoni puflaydigan ventilyatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Marmar pollar issiqlik singishini oldini oladi va haroratni pasaytirishga ham yordam beradi.