Afg‘on xalqining hayotini yengil qilishga munosib hissa qo‘shishimiz kerak — Mirziyoyev

Prezident Saudiya Arabistonida o‘tgan sammitda Afg‘onistonda tinchlikka erishish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Afg‘on xalqining hayotini yengil qilishga munosib hissa qo‘shish kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ma’lum qildi.
Prezident sammitda Afg‘onistonda tinchlikka erishish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
“Bizning mintaqalarimiz tashabbuskor bo‘lib, katta-katta minbarlardan Afg‘oniston muammolariga butun dunyo e’tiborini jalb etishimiz, afg‘on xalqining hayotini yengil qilishga munosib hissa qo‘shishimiz kerak”, – dedi davlat rahbari.
Islom hamkorlik tashkiloti doirasida dunyoda kuzatilayotgan islomofobiya holatlariga qarshi birgalikda kurashish masalasiga alohida to‘xtalindi.
Bundan tashqari, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash sohasida, shuningdek, bunday tahdidlarning internet va vositalar orqali tarqalishidan yoshlarni himoya qilish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.