TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Ukraina va G‘arb munosabatlarida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy qo‘shimcha qurol-yarog‘ so‘raganidan keyin taranglik yuzaga keldi. Bu haqda “Financial Times” gazetasi xabar bermoqda.
“Ukraina va umumiy hisobda Kiyevga mudofaa va moliyaviy yordam uchun 170 milliard dollar sarflagan uning g‘arblik homiylari o‘rtasidagi keskinlik endi namoyon bo‘la boshladi. Chunki Vladimir Zelenskiy borgan sari ko‘proq qurol-yaroq so‘ramoqda”, - deya yozadi nashr.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgandi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ma’lum qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “olov bilan o‘ynayotganini” ta’kidlagan. Kremlning ta’kidlashicha, G‘arb tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi Rossiya-Ukraina muzokaralariga yordam bermaydi, aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.