TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Keles ko‘chasi bir yarim oyga vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
“19 iyul soat 20:00 dan 30-avgust kuniga qadar Keles yo‘li ko‘chasining Noraztepa ko‘chasi bilan kesishmasidan Uzumbog‘ ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘i barcha turdagi transport vositalari harakati uchun yopiladi”, - deyilgan xabarda.
Yopiladigan Keles yo‘li ko‘chasi
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent
Ta’kidlanishicha, bu Keles yo‘li ko‘chasini kengaytirish va rekonstruksiya qilish hamda atrofini obodonlashtirish ishlari bilan bog‘liq.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.