TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiyada yangi avlod “Lanset” — kamikadze-dronlar taqdim etildi. Yangi dronlarning inqilobiy mohiyatini hamma ham anglab yetgani yo‘q. Sun’iy intellekt elementlari, dushman elektron kurash vositalari va havo mudofaasiga qarshi turish tizimlariga ega bo‘lgan yashirin hujum dronlari quruqlikdagi harbiy harakatlar taktikasini tubdan o‘zgartirib yana bir "urush xudosi"ga aylanishga qodir va bu nafaqat Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi hududida, balki u umuman.
16 iyul kuni afsonaviy “Lanset” dronlari ishlab chiqaruvchisi (“Kalashnikov” konserni tarkibiga kiruvchi) dronlarning navbatdagi avlodi – bukma qanotli “ Izdelie 53” ni taqdim etdi.
Albatta, maxfiylik tufayli yangi “Lanset” to‘liq holatda ko‘rsatilmadi — faqat katta hajmda zarba berishga mo‘ljallangan ishga tushirish tizimi ko‘rsatildi. “Izdelie 53” alohida konteynerdan ham ishga tushirilishi mumkin. Umuman olganda, zalp texnologiyasi va kamikadze-dronlari ishga tushiriladigan tarmoqqa asoslangan jangovar operatsiya konsepsiyasining amalga oshirilishi — katta yutuq.
“Lansetlarning” bosh konstruktori Aleksandr Zaxarov yangi mahsulotning asosiy xususiyatlarini — avtomatik rejimda foydalanish qulayligini va dushman elektron kurash vositalari ta’siriga chidamli ekanini ta’kidladi. Jang maydonida operator faqat qidiruv hududini belgilashi va uchish buyrug‘ini berishi kerak.
Dron mustaqil ravishda zirhli texnikalarni, stvolli artilleriyani, dushmanning havo mudofaa tizimlarini topadi. Pikaplar va boshqa “kichik jismlar” uni qiziqtirmaydi. Agar “Izdelie 53” bir vaqtning o‘zida tank va radio-lokatsion tizimni ko‘rsa, u holda muhimroq nishonni — radio-lokatsion tizimni tanlaydi.
Yangi avlod dronlari hujum qilish uchun obyektlarni avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlaydi. Nishonga yaqinlashganda, jangovar kallak ishga tushadi va kumulyativ zarba har qanday zirhni teshib o‘tadi (jangovar sinovlardan o‘tgan). Dron shuningdek, yuqori zarrali portlovchi yoki termobarik kallakni ham tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Zarba kompleksi razvedka, navigatsiya va aloqa modulini o‘z ichiga oladi.
“Lanset” turli manbalardan (obyektlardan) koordinatalarni aniqlashga qodir va bu sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasiga muhtoj bo‘lgan xorijiy analoglardan sezilarli farq qiladi.
Ilgari ikkita asosiy modifikatsiyadagi X shaklidagi qanotli — 3 kg va 5 kg jangovar kallaklarga ega seriyali “Lansetlar”dan Suriyada va Ukrainadagi maxsus harbiy operpsiya hududida samarali foydalanilgan. Yengil modifikatsiya 80-110 km / soat tezlikda 40 daqiqagacha havoni nazorat ostida ushlashga qodir. Og‘irligi 5 kg bo‘lgan “Lanset” uchish vaqtining 50 daqiqagacha ko‘proqligi va 70 km gacha bo‘lgan masofasi bilan ajralib turadi. “Lanset-3” modifikatsiyasida qurilma yaxshilangan optika bilan jihozlangan, teplovizorning mavjudligi esa dronning kechayu kunduz ishlashiga imkon beradi. Yangi yuqori aniqlikdagi “Izdelie 53” uzoqroqqa uchadi va kuchliroq zarba beradi, deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ridir.
Nishonga juda aniq tegadi
Bugun “Lanset” UQK ning Xerson yo‘nalishi bo‘yicha yashirin tayanch punktini murosasiz vayron qildi va bu tasodif emas. Ukraina harbiy harakatlar teatrida Rossiya qo‘shinlari turli xil razvedka va hujumchi dronlardan faol foydalanmoqda. “Lansetlar” munosib ravishda eng katta shon-sharafga sazovor bo‘lmoqda, ular yuz millionlab dollar va yevroga teng 400 dan ortiq nishonlani yo‘q qilishmoqda.
Ukraina (NATO) havo mudofaasi deyarli kuchsiz — Rossiya kamikadze-dronlari radarlarga deyarli ko‘rinmaydigan materiallardan tayyorlangan. Yangi dronlar yuqori manevr qilish qobiliyati tufayli parvozda qushlarning xatti-harakatlariga taqlid qila oladi, dushmanni chalg‘itadi — bu qurollarni qidirish, aniqlash va yo‘q qilishni dushman havo mudofaasiga jiddiy ravishda murakkablashtiradi. Qurilma doimiy ravishda diapazon va quvvatni oshirish bo‘yicha takomillashtirilmoqda.
O‘rnatilgan jangovar kallakli “Lanset” jang maydonida uzoq parvoz qilish, nishonni mustaqil ravishda aniqlash va uni yo‘q qilish, dushmanning havo mudofaasidan qochishga qodir. Bunday kamikadze-dronlardan ommaviy ravishda foydalanish UQK ning harbiy texnikada, xususan, G‘arbda ishlab chiqarilgan shatakchi va o‘ziyurar artilleriya qurilmalariga katta zarar yetkazdi. “Lanset” ning shovqinsizligi va termal sezilmasligi ularni aniqlashda imkon qoldirmaydi, shu sababli UQK ularga qarshi chora topa olmayapti va kutilmagan vaziyatda hujumga uchramoqda.
Rossiyaning kamikadze-dronini uchirish yuqori aniqlikdagi raketani otishdan arzonroq. “The Economist” nashrining xabar berishicha, “Lanset” 50 ming dollardan arzonroq turadi. Uning maqsadi bo‘lgan, masalan, Amerikaning M777 gaubitsasi — 4 million dollar turadi. NASAMS majmuasining bitta zenit raketasi — 500 ming dollar. E’tibor bering, Amerika analogi Switchblade -600 narxidan tashqari har jihatdan pastroq.
“Armiya-2019” xalqaro harbiy-texnik forumida ilk bor taqdim etilgan “Lanset” himoya o‘q-dorilari qo‘shinlarning jangovar tuzilmalariga shiddat bilan kirib keldi. Seriyali ishlab chiqarish 2020-yilda boshlangan, faol jangovar foydalanish — 2021-yildan, Suriyada bo‘lgan.
Rossiyada deyarli barcha turdagi — razvedka, zarba berish, taktik, operativ va operativ-taktik harbiy uchuvchisiz uchoqlarni ishlab chiqarish texnologiyalari mavjud. Iyun oyi oxirida Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan tasdiqlangan uchuvchisiz aviatsiyani rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi. Unda 2035-yilga qadar 200 ming donagacha ishlab chiqarish, jumladan zarba beruvchi “Lanset” va boshqa dronlarni rivojlantirishning optimistik istiqbollari belgilangan