Qashqadaryoda yuk mashinasi yo‘l chetidagi ariqqa ag‘anab ketdi – 2 kishi jarohatlandi

G‘uzor – Samarqand yo‘nalishidagi A-378 yo‘lining 90-kilometrida “Isuzu” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga ag‘anab ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Qashqardaryo viloyatidagi G‘uzor-Samarqand yo‘nalishidagi A-378 yo‘lining 90-kilometrida “Isuzu” yo‘l chetidagi ariqqa ag‘anab ketdi.
Qashqadaryoda yuk mashinasi yo‘l chetiga chuqurga ag‘anab ketdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 19-iyul kuni soat 14:00 larda ro‘y bergan. Yo‘l-transport hodisasiga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.
Tegishli xabarni olgan Ko‘kdala tumani 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar atrofdagi fuqarolar yordamida jabrlangan ikki kishini mashina ichidan olib chiqishgan. Ular kasalxonaga yuborilgan.
Hozir ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.