Putin Janubiy Afrikadagi BRIKS sammitiga bormaydi

Janubiy Afrika prezidenti idorasi Rossiya rahbari Vladimir Putin BRIKS sammitiga bormasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Vladimir Putin Yoxannesburgdagi BRIKS sammitiga bormaydi. Sammitda Rossiyani tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi, deb xabar berdi Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti idorasi.
"O‘zaro kelishuvga ko‘ra, prezident Putin sammitda ishtirok etmaydi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan TIV rahbari Sergey Lavrov ishtirok etadi", — deyiladi bayonotda.
Sammit 22-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda mezbon davlatning birinchi shaxsidan tashqari, Xitoy, Braziliya va Hindiston rahbarlari ishtirok etadi.
Janubiy Afrika Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasi ostidadir, uning dastlabki tergov palatasi 17-mart kuni Vladimir Putin va bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Xalqaro jinoiy sudga prezidentni hibsga olish masalasini qo‘yish qabul qilinishi mumkin emas va uning har qanday qarori qonun nuqtayi nazaridan haqiqiy emas, chunki Rossiya uning yurisdiksiyasini tan olmaydi.