TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Parijda 8−17 iyul kunlari para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi 17 ta medal — 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin:
Doniyor Saliyev — T12 klassida uzunlikka sakrash;
Izzat Turg‘unov — T36 klassida uzunlikka sakrash;
Husniddin Norbekov — F35 klassida yadro uloqtirish;
Bobirjon Omonov — F41 klassida yadro uloqtirish;
Nurxon Qurbonova — F54 klassida nayza uloqtirish;
Asilya Mirzayorova — T11 klassida uzunlikka sakrash.
Kumush:
Yorqinbek Odilov — F57 klassida nayza uloqtirish;
Qudratillaxon Ma’rufxo‘jayev — F37 klassida yadro uloqtirish;
Mohigul Hamdamova — F57 klassida disk uloqtirish;
Nozimaxon Qayumova — F13 klassida nayza uloqtirish;
Yoqutxon Xolbekova — T12 klassida uzunlikka sakrash;
Safiya Burxonova — F12 klassida yadro uloqtirish;
Kubaro Hakimova — F41 klassida yadro uloqtirish.
Bronza:
Elbek Sultonov — F12 klassida yadro uloqtirish;
Tolibboy Yo‘ldoshev — F37 klassida yadro uloqtirish;
Dilafruzxon Axmatxonova — F35 klassida yadro uloqtirish;
Nurxon Qurbonova — F54 klassida yadro uloqtirish.
Bu natija bilan O‘zbekiston paraatletlari umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Qolaversa, 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga 19 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.