Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi

Zilzila kuchi hatto Toshkent shahrida sezildi. U 2 ballni tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, 19-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 12:26 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,69 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5,4. Chuqurlik 227 km. Zilzila episentri Toshkentdan 512 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 3 ball, 239 km.
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 416 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 421 km.
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 432 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 433 km.
Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 442 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 503 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 504 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 511 km.