Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Odessaga yana bir kuchli zarba berildi: MV 19-iyul hisoboti

Rossiya Odessada joylashgan harbiy sanoat obyektlariga yana bir kuchli zarba berdi. Kirovograddagi aviabaza vayron qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya doirasida so‘nggi kunda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar.

Mudofaa vazirligining hisoboti, 19-iyul holatiga:

O‘tgan tunda Rossiya Qurolli kuchlari Odessa shahri yaqinidagi UQKning harbiy sanoat obyektlari, yoqilg‘i infratuzilmasi va o‘q-dorilar omborlariga yuqori aniqlikdagi dengiz va havo qurollari bilan guruhli zarba berdi.
Shuningdek, Ukraina harbiy-havo kuchlarining Kirovograd viloyatidagi Kanatovo aviabazasiga ham zarbalar berildi. Belgilangan nishonlar yakson qilindi.
Ukraina qurolli kuchlari kun davomida Donesk, Krasniy Liman va Janubiy Donesk yo‘nalishlarida hujum uyushtirishga urinishdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi kun davomida front bo‘ylab ikki kilometrgacha kenglikda bir kilometrdan oldinga siljidi. Oldingi bo‘linmalar Xarkov viloyatidagi Molchanovo temir yo‘l stansiyasini egallab oldi.
Xarkov viloyatining Sinkovka, Kislovka, Berestovoe va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalari havo va artilleriya zarbalari berildi. Xarkov viloyati Peschanoe qishlog‘i yaqinida 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Ushbu yo‘nalishda kun davomida 70ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, Polshada ishlab chiqarilgan Krab va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamalari, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 batareyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Belogorovka Pervomayskoe, Nevelskoe, Mariinka aholi punktlari hamda Klesheyevkaning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismida UQKning 25 ta hujumi muvaffaqiyatli qaytardi.
DXRning Seversk, Chasov Yar, Toresk va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida UQKning ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi. Avdeyevka yaqinida UQKning 110-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida 340 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina, to‘rtta pikap, Germaniyada ishlab chiqarilgan "Panzerhaubitze 2000" rusumli o‘ziyurar gaubitsa, Polshada ishlab chiqarilgan ikkita "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, "Gvozdika" o‘ziyurar qurilmasi, va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Karmazinovka, Shipilovka, Kremennaya va Belogorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 4ta hujumini qaytardi. DXRNing Novosadovon, Yampolovka va Serebranka aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga zarba berildi.
DXRning Torskoe aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi. Yampol qishlog‘i yaqinida 100-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida dushmanning 100 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashinasi, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida armiya aviatsiyasi zarbalari, "Vostok" qo‘shinlari guruhining artilleriya o‘qlari Zaporoje viloyati, Rabotino qishlog‘i yaqinida dushman hujumini qaytardi.
DXRning Priyutnoe, Zaporoje viloyati, Makarovka va Rovnopol aholi punktlari hududlarida Ukraina bo‘linmalari tor-mor etildi. Staromayorskoe qishlog‘i yaqinida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Zaporojye yo‘nalishida Novopokrovka va Malaya Tokmachka aholi punktlari hududlarida UQKning ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan pozitsiyaga zarba berildi.
Marfopol aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Berezovoe, Dnepropetrovsk viloyati, Malaya Tokmachka, Rabotakaspenovka va U. Novoyakovlevka aholi punktlari hududida UQKning 23, 33 mexanizatsiyalashgan, 128-tog‘-hujum va 44-artilleriya brigadalarining yettita o‘q-dorilar omboriga zarba berildi.
K️un davomida dushman yo‘qotishlari 170 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita tank, 9 ta zirhli jangovar mashina, 4 ta texnikasi, MSTA-B gaubitsasi, uchta D-20 quroli, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, zirhli jangovar avtomobil, uchta pikap va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 106ta hududlarda joylashgan 92 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Zaporojye shahri yaqinida UQK ning yoqilg‘i-moylash materiallari bazasi yo‘q qilindi.
Rossiya qiruvchi samolyoti Razdolnoe qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi.
Havo mudofaa kuchlari tomonidan Xarkov viloyatining Kutkovka qishlog‘i hududida Ukrainaning Mi-8 vertoloti urib tushirildi.
Shuningdek, bir sutkada AQShda ishlab chiqarilgagn HIMARS ko‘p raketali tizimlarning beshta raketasi tutib olindi.
Bundan tashqari, Kupansk, Kremennaya, Berestovoe, Privole, Krasnaya Gora, Opitnoe, Pokrovskoe, Staromlinovka, aholi punktlari hududlarida dushmanning 18 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 456 ta samolyot, 243 ta vertolot, 5108 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa majmuasi, 10761 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1139 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 5522 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 11752 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.