Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tungi hujum maxsus operatsiya boshlanganidan buyon eng kuchli zarba bo‘ldi — Odessa meri

Maxsus operatsiya boshlanganidan beri biz bunday kuchli hujumni eslay olmaymiz, dedi Odessa meri,
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Odessaga berilgan tungi zarbalar maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri eng kuchli zarba bo‘ldi, deb yozdi shahar meri Gennadiy Truxanov o‘zining Feysbukdagi* sahifasida.

“Eng yomon kechalardan biri <...> Biz bunday miqyosdagi hujumni eslay olmaymiz <...>”, - deb yozadi shahar boshlig‘i.

Ukrainaning "Janub" operativ qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, Odessa viloyati portlaridan birida tungi zarbalar natijasida don va neft terminallari, sisternalar va yuk ortish uskunalari shikastlangan.
Shuningdek, Odessa viloyatidagi ikkita sanoat obyekti va bir necha omborxonalarga ham zarar yetgan.
Bundan tashqari, Jitomir, Zaporoje, Nikolayev va Kiyev viloyatlariga ham qo‘shma zarbalar berildi. Harbiy sohaga yaqin OAVlar ma’lum qilishiga ko‘ra, o‘tgan tunda 30 ga yaqin "Kalibr", Kh-22 va P-800 qanotli raketalari, shuningdek, 40 ga yaqin "Geran-2" uchuvchisiz apparatlaridan foydalanilgan. Harbiy tong soat 08:00gacha davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul tunda Ukraina maxsus xizmatlari Qrim ko‘prigiga masofadan turib boshqariladigan suv dronlari yordamda zarba bergan edi.
18 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Odessa va Nikolayev viloyatlarida joylashgan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan teraktlar tayyorlashda ishtirok etgan obyektlarga, jumladan? Odessa viloyatidagi kemasozlik zavodiga uzoq masofali raketa zarbalari berilganini e’lon qildi.
* * Meta(Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari) faoliyati Rossiyada ekstremistik sifatida tan olinib taqiqlangan.