Nursulton Ro‘ziboyev yana bir braziliyalikka qarshi jang qiladi — foto

O‘zbekistonlik jangchi Braziliya vakili Kayo Borraloga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Andijonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning keyingi raqibi tajribali Kayo Borralo bo‘ladi. Bu haqda har ikki sportchi o‘zlarining tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qildi.
Jang noyabrda o‘tishi aytilmoqda.
Shu oyning boshida Nursulton Ro‘ziboyev UFC’dagi ilk jangini g‘alaba bilan boshlagandi.
O‘zbek jangchisi 1 daqiqa-yu 20 soniyada yengilmas raqibi – braziliyalik Bruno Ferreyrani to‘g‘ridan kontr-panch bilan yiqitdi, so‘ngra yuqoridan zarbalar yog‘dirdi.
Nursulton Ro‘ziboyev iyunda UFC promousheni bilan shartnoma imzolagandi.