Namangan viloyatida “aqlli radarlar” o‘rnatilishi kutilmoqda

Turkiya korxonasi Chortoq tumanida "Aqlli radarlar" tizimi uchun pul ajratmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Namangan viloyati Chortoq tumanida “Aqlli radarlar” tizimi uchun 1 million dollar investitsiya kiritiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Tuman hokimi Anvarjon Otaxodjayev Turkiyaning "Uch nokta" MChJ xorijiy korxonasi rahbari Erdal Nalbant boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Unda turkiyalik investorlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi tizimiga 1 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga davlat xususiy sherikchiligi asosida bosqichma-bosqich "Aqlli radarlar" tizimi o‘rnatilishi yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilishicha, bu loyiha yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qonuniy talablar bajarilishi va korrupsion holatlarga chek qo‘yishga xizmat qiladi.