Futbol: O‘zbekiston AQSh va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini qachon o‘tkazadi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining AQSh va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini kunlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.
Srechko Katanes shogirdlari 9-sentabr kuni AQShga qarshi maydonga tushsa, 12-sentabr kuni KONKAKAF chempioni Meksika terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
AQSh – O‘zbekiston: 9 sentabr kuni Sent-Luisdagi “CityPark” stadioni;
O‘zbekiston – Meksika: 12 sentabr kuni Atlantadagi “Mercedes-Benz” stadioni.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sentabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgani, biroq murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar Amerikada yig‘in o‘tkazishi ma’lum qilingan edi.