TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,87 so‘mga oshib, 11 608,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 24,70 so‘mga oshib, 13 056,71 so‘m bo‘ldi.
Rubl esa 0,19 so‘mga pastlab, 128,20 so‘mni tashkil qildi.