Shavkat Mirziyoyev Jiddaga yetib keldi — foto

Jidda shahrida 18-19 iyul kunlari “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga yetib keldi.
Jidda shahrining xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Djiddu
Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar ertaga, 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Jidda shahrida 18-19 iyul kunlari “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Djiddu
Unda Saudiya Arabistoni Podshohligi, Bahrayn Podshohligi, Qatar Davlati, Kuvayt Davlati, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mon Sultonligi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston rahbarlari hamda kengashning bosh kotibi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Djiddu
Kun tartibiga muvofiq, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Djiddu