Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Albatta Rossiyadan javob bo‘ladi: Putin Qrim ko‘prigidagi terakt haqida — video

Putin Mudofaa vazirligiga Qrim ko‘prigidagi teraktga Ukrainaga javob variantlarini tayyorlash haqida topshiriq berdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigida sodir etilgan teraktga Rossiya albatta javob berishini aytdi.
Mudofaa vazirligi tegishli takliflar tayyorlamoqda.
"Albatta, Rossiyadan javob bo‘ladi. Mudofaa vazirligi tegishli takliflarni tayyorlamoqda", — dedi u Qrim ko‘prigidagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Milliy aksilterror qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Kiyev dushanba kuni ertalab soat 3 da ikkita dengiz droni yordamida Qrim ko‘prigida terakt sodir etdi. Ko‘prikning yo‘l qismi shikastlanib, ikki kishi halok bo‘ldi va bir bola jarohatlandi. Qrim va Kuban hukumati aholi va sayyohlardan ko‘prik orqali o‘tmaslikni, yangi hududlar orqali muqobil yo‘lni tanlashni so‘ramoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyat ishi doirasida Ukrainadagi Qrim ko‘prigida sodir etilgan teraktga aloqador shaxslarni aniqladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Qrim ko‘prigiga hujumni Kiyev rejimi amalga oshirgan, hujumni amalga oshirish haqidagi qaror Ukraina rasmiylari va harbiylari, AQSh va Britaniya razvedkasi ishtirokida qabul qilgan.