TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari ekipajsiz qayiqlar yordamida Rossiyaga qarshi teraktlar tayyorlangan Odessadagi obyektlarga zarba berdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Bugun tunda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari ekipajsiz qayiqlardan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasiga qarshi terrorchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rilgan obyektlarga, shuningdek, ular ishlab chiqarilgan joy — Odessa shahri yaqinidagi kemasozlik zavodiga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan qasos zarbasini amalga oshirdi - deyilgan bayonotda.
Barcha mo‘ljallangan nishonlar yakson qilindi. Odessa va Nikolayevdagi obyektlarga zarbalard an so‘ng yong‘in va portlashlar qayd etildi. Nikolayev hududida Ukraina Qurolli Kuchlarini yoqilg‘i bilan ta’minlash infratuzilmasi obyektlari yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Nikolayev va Odessa hududida umumiy hajmi qariyb 70 ming tonna bo‘lgan yoqilg‘i omborlari yo‘q qilindi, bu Ukraina Qurolli Kuchlarini yoqilg‘i bilan ta’minladi.
17 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Qrim ko‘prigiga ikkita dengiz droni bilan zarba berdi. Ikki kishi halok bo‘ldi — Belgorod viloyatidan er-xotin, ularning 14 yoshli qizi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘prikning avtomobil qismi shikastlangan, uchastkada ikki tomonlama harakat kuzgacha tiklanadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin voqeani Kiyev rejimining navbatdagi terakti deb atadi. Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.