O‘zbekiston Halol turizm sohasida memorandum imzoladi — u qanday imkoniyatlar beradi?

O‘zbekistonda Halol turizm sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memarandum imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston turizmni rivojlantirish maqsadida Halol sertifikatlashtirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan “World Halal Trust Group” va “Halol “MAIB” Xalqaro sertifikatlashtirish markazi” MChJ bilan Halol turizm sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
Popisan memorandum po xalyal-sertifikatsii
Memorandumda Halol turizm uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, davlatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishida axloqiy meyorlar va qoidalarning ahamiyati va muhimligini e’tiborga olish nazarda tutilgan.
Memorandumga binoan tomonlar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Halol turizm, shu jumladan turizm xizmatlarini “Halol” sertifikatlash masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va bunday tadqiqotlarni xalqaro, milliy, mintaqaviy darajalarda o‘tkazish usullarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma dasturlarni tashkil etish;
OIC/SMIIC 9:2019 “Halol turizm xizmatlari. Umumiy talablar” standarti talablariga muvofiqligiga mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash.
Ma’lumot uchun, World Halal Trust Group Halol sertifikatlash xizmatlarini taqdim etishga va yangi bozorlarni ochishga yordam beradi. Bundan tashqari, kompaniyalar o‘z mahsulotlarini boshqa mamlakatlarda va halol mahsulotlar talab qilinadigan bozorlarda sotishlari mumkin bo‘ladi.