Ohangaronda yangi chiqindi poligoni qurilmoqda — video

Poligon maydoni 30 gektar bo‘lib, unga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan olib kelingan 20 million tonnagacha chiqindi sig‘ishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Oxangaronda texnologik chiqindilar poligoni qurilmoqda.
Loyiha qiymati 16 million dollarni, poligon maydoni 30 gektarni tashkil etadi. Unga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan olib kelingan 20 million tonnagacha chiqindi sig‘ishi mumkin.
Poligon tubi butunlay tuproq va yer osti suvlarini xavfli chiqindilardan himoya qiluvchi maxsus material bilan qoplanadi. Axlat poligonining xizmat qilish muddati 15-20 yil.
"Maxsustrans" chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish filiali rahbari Rafael Bekmullin Sputnik muxbiriga yangi poligon joriy yilning noyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganini aytdi.