Yomg‘ir va issiq harorat — O‘zbekistonda 19-iyul uchun ob-havo

Respublikaning qator hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Ertaga, 19-iyul kuni faqat Buxoro va Navoiy viloyatlari hamda tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Respublika bo‘yicha qator hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Toshkentda shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23-25, kunduzi +36-38 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +31-36 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22-27, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22-27, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23-28, kunduzi +35-40, ba’zi joylarda +42 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarining ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.